"Manchester Siti" Silvaga o‘rinbosar topdi

  • 22.07.2023 18:15
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva ushbu yozda klubni tark etishi mumkin. Unga PSJ, "Barselona" va Saudiya klublaridan takliflar bor.

"FootMercato" nashri xabar berishicha, Silva jamoadan ketsa, "shaharliklar" "Inter"dan Nikola Barellani sotib olishga harakat qiladi.

Manbaning ta’kidlashicha, PSJ portugaliyalik futbolchi uchun 40 million evro va o‘yinchi qo‘shib bermoqchi edi. Ammo "Manchester Siti" bu taklifni rad qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!