"Manchester Siti" va "Arsenal" Tonali uchun kurashga qo'shildi

  • 04.06.2026 22:23
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" yarim himoya chizigʻini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda.

Fabrizio Romano maʼlumotiga koʻra, manchesterliklar "Nottingem Forest" futbolchisi Elliot Anderson transferi boʻyicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Biroq klubning dastlabki taklifi rad etilgan.

Manbaga koʻra, agar Anderson transferi amalga oshmasa, "shaharliklar" uchun asosiy variantlardan biri "Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali boʻladi. Italyan futbolchisiga Londondagi "Arsenal" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Maʼlumot uchun, 26 yoshli Tonali oʻtgan mavsum barcha turnirlarda 53 ta oʻyinda ishtirok etib, 3 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!