"Manchester Siti" yana 100 million evrolik transferga qo‘l uradi
«Bavariya» yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich yaqinida «Manchester Siti»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
Germaniya klubi futbolchisiga ilk qiziqish mart oyidayoq bildirilgan. Bayern & Germany nashri nemis jurnalistlariga tayanib xabar berishicha, Angliya chempioni Pavlovich uchun 100 million yevro taklif qilishga tayyor bo‘lgan.
Biroq futbolchining o‘zi bu variantni darhol rad etgani uchun klublar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Aleksandr Pavlovich o‘zini «Bavariya»da juda xotirjam his qiladi va aynan myunxenliklar safida Chempionlar ligasini yutishni maqsad qilgan. 22 yoshli yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Shundan so‘ng «Manchester Siti» e’tiborini boshqa nomzodga – Ayub Buaddiga qaratdi. Unga nisbatan muzokaralar muvaffaqiyatli kechdi va futbolchi «Lill» klubidan 95 million yevro evaziga sotib olindi.

Fikrlar