"Manchester Siti" yaqin 48 soat ichida yangi transferni e'lon qilishi mumkin

  • 30.12.2025 01:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" vinger Antuan Semenyoni tez orada oʻz safiga qoʻshib olishi mumkin. Jurnalist Ben Jeykobsnig xabar berishicha, shartnoma boʻyicha muzokaralar yakunlangandan soʻng "Bornmut" transfer rasmiy keyingi 48 soat ichida amalga oshishini kutmoqda.

Tecno

25 yoshli futbolchi "shaharliklar" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan. "Bornmut" esa Semenyo ertaga "Chelsi"ga qarshi oʻyinda maydonga tushishiga umid qilmoqda. Kutilmoqda,ki, bu uchrashuv uning joriy jamoasi safidagi soʻnggi oʻyini boʻladi.

Joriy mavsumda APLda Antuan 17 ta oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!