“Manchester Siti” yo‘qotishga yuz tutdi

  • 4 iyul, 2024, 11:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ketma-ket to‘rt marotaba Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan “Manchester Siti” ham ayrim o‘yinchilarini qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Transfer News Live nashrining xabar berishicha, “shaharliklar” yarim himoyachisi Mateus Nunes klubni tark etishga yaqin turibdi. Portugaliyalik futbolchi manchesterliklar safiga o‘tgan yilning sentyabr oyida “Vulverxempton”dan ko‘chib o‘tgandi.

Yakunlangan mavsumda 25 yoshli yarim himoyachi 29 ta rasmiy uchrashuvda qatnashib, jamoadoshlariga beshta golli pas uzatdi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Nunesga Saudiya Arabistoni klublari ish taklif qilmoqda. Transfermarkt portali ekspertlari  Mateusni 50 million evroga baholadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!