"Manchester Siti" yosh himoyachisini ijaraga bermaydigan bo‘ldi

  • 21 iyun, 15:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

19 yoshli braziliyalik himoyachi Vitor Reys kelasi mavsumni qaerda o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Jurnalist Valentin Furlanning xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" yozgi transfer oynasida Reysni ijaraga berishni rejalashtirmayapti. Garchi Germaniya, Ispaniya va Angliyaning etakchi klublari futbolchiga qiziqish bildirayotgan bo‘lsa-da, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Reysni kelasi mavsumdagi rejalarining bir qismi sifatida ko‘rmoqda.

Reys 2025 yilning yanvarida Braziliyaning "Palmeyras" klubidan "Manchester Siti" safiga qo‘shilgan edi. Bu vaqt ichida u 4 ta o‘yinda maydonga tushdi. Himoyachi gol yoki assist qayd eta olmadi.

Uning transferi Angliya grandiga 37 million evroga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!