
“Manchester Siti” yulduzi Messining oldiga boradi
Joriy mavsum yakunlanishi bilan “Manchester Siti”ni tark etishini rasman e’lon qilgan Kevin de Bryuynening kelasi faoliyati MLSda davom etishi tobora oydinlashib bormoqda.
ESPN jurnalistlarining ma’lum qilishicha, Lionel Messi o‘ynayotgan “Inter Mayami” klubi belgiyalik pleymeykerga jiddiy qiziqish bildirmoqda va bu transfer uchun aynan mana shu jamoa imtiyozga ega.
MLS qoidasiga ko‘ra, har bir klub mavsumning istalgan qismida o‘zining maxsus “ochiq ro‘yxati”ga besh nafargacha futbolchi nomini kiritish mumkin. Bu usul klublarga nomi ko‘rsatilgan futbolchilar bilan birinchi bo‘lib muzokara boshlashda imtiyoz beradi.
33 yoshli mashhur o‘yinchiga MLSning bir necha klublaridan tashqari Saudiya Arabistonidan jiddiy chorlovlar bo‘lyapti. Aksariyat manbalar Kevin faoliyatini ummonortida davom ettirishga moyillik bildirayotganini yozmoqda.
Fikrlar