“Manchester Siti” yulduziga badavlat klubdan rasmiy taklif keldi

  • 3 avgust, 2024, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning 24 yoshli hujumchisi Xulian Alvares yangi mavsumni qaerda boshlashi mavhum bo‘lib turibdi.

Tecno

Argentinalik jahon chempioni Xosep Gvardiola jamoasidagi mavqeidan norozi. U boshqa jamoaga o‘tib, asosiy hujumchi vazifasini bajarmoqchi.

Bu vaziyatdan PSJ foydalanib qolishni rejalashtirgan. Parijliklar “shaharliklar”ga Xulian Alvares transferi bo‘yicha rasmiy taklif yubordi. Bu haqda TyC Sports nashri ma’lumot chiqardi.

Alvaresni Madridning ikkinchi grandi “Atletiko” ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Diego Simeone o‘z hamyurti yordamida jamoasining hujum chizig‘idagi muammolarni uzoq muddatga hal etishni mo‘ljallagan.

“Manchester Siti”da asosiy to‘purar Erling Xoland soyasida qolib ketayotgan Alvaresning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan. Uning transferi 90 million evro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!