“Manchester Siti”ning “dahshatli”tarixiy rekordi to‘xtadi

  • 02.01.2026 11:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-Ligasining 19-turida doirasidagi uchrashuvda Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” raqib maydoniga safar qilib, “Sanderlend” bilan golsiz durang qayd etdi.

Statistika ekspertlarining ma'lum qilishicha, “shaharliklar” 2017 yildan beri ilk bor Angliya chempionati doirasida yanvar oyida gol urmagan holat sifatida qayd etildi. 2017 yilning 15 yanvaridagi o'sha bahsda Xosep Gvardiola shogirdlari kutilmaganda “Everton”ga 0:4 hisobida yutqazib qo'ygan edi.

Shundan beri “Manchester Siti” futbolchilari yanvar oyidagi chempionatning har bir uchrashuvida raqiblar darvozasini ishg'ol qilib kelayotgan edi.

2026 yil 1 yanvar holatiga ko'ra, bu seriya 32 ta o'yinga yetgan. Bu Angliya oliy divizionlari  tarixida (nafaqat APL, balki umumiy hisobda) eng uzoq seriya sifatida qayd etilgan rekord natija sifatida tarixga kirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!