"Manchester Siti"ning etakchi futbolchilaridan biri "Barselona"ga o‘tmoqchi

  • 16.06.2021 16:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva shu yoz jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 26 yoshli portugaliyalik futbolchi "Atletiko"dan taklif olgan, ammo u "Barselona"ga o‘tishni xohlayapti. O‘z navbatida kataloniyaliklar ham Bernarduning o‘yinlariga befarq emas.

Qayd etilishicha, Silvaga Barselona shahri juda yoqadi, u tez-tez bu shaharga tashrif buyuradi. U Pep Gvardiola boshqargan “Barsa”ning o‘yinlarini tomosha qilib katta bo‘lgan, shuning uchun ham u Kataloniya klubida o‘ynashni orzu qiladi. Bernardu Silva allaqachon o‘zining bu istagini Gvardiolaga ma’lum qilgan.

Silva o‘tgan mavsum APLda 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!