
"Manchester Siti"ning zaxirada qolib ketayotgan futbolchisi London klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin
"Manchester Siti" hujumchisi Jek Grilish faoliyatini Londonda davom ettirishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, "Tottenxem" klubi 29 yoshli angliyalik vinger uchun "Siti"ga rasmiy transfer taklifi yuborgan.
Bu qaror Grilishning klub Jahon chempionatiga yuboriladigan tarkibga kiritilmaganidan so‘ng qabul qilingan. Manbaga ko‘ra, futbolchining xizmatlariga "Everton" ham qiziqish bildirgan, ammo o‘zi aynan "Tottenxem"ga o‘tishni istaydi.
Transfer uchun taklif etilayotgan summa taxminan 46,8 million evroni tashkil qiladi. Joriy mavsumda Grilish barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol hamda 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar