«Manchester Yunayted» Angliya terma jamoasi hujumchisini sotib olmoqchi
«Manchester Yunayted» rahbariyati «Aston Villa» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Olli Uotkinsni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
The Sun nashri xabar berishicha, manchesterliklar ushbu yozda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan niderlandiyalik forvard Joshua Zirkzee o‘rnini aynan Uotkins bilan to‘ldirishni rejalashtiryapti. Agar Zirkzee ketadigan bo‘lsa, «Manchester Yunayted» «Aston Villa»ga rasmiy taklif yo‘llashga tayyor. Birmingem klubi o‘z hujumchisi uchun taxminan 45 million yevro atrofida mablag‘ ishlab olishni ko‘zlamoqda. Shu bilan birga, Angliya terma jamoasi forvardiga «Arsenal» va Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi ham da’vogarlik sifatida qayd etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Olli Uotkins Angliya chempionatida «Aston Villa» tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar