“Manchester Yunayted” Angrenda tug‘ilgan futbolchi uchun 40 million yevro beradi
Dortmundning «Borussiya» klubi va Germaniya terma jamoasi tajribali himoyachisi Valdemar Anton APL vakili «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadiga aylangan.
Mankunianlar 29 yoshli futbolchi uchun 35 million funt sterling (taxminan 40,5 million yevro) miqdorida badal puli ko‘rsatilgan taklif tayyorlamoqda, deb xabar bermoqda Stretford End nemis matbuotiga tayanib.
«Arilar» futbolchisining transferini jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrik ma’qullagan.
Valdemar Antonning amaldagi shartnomasi yana ikki yildan keyin yakunlanadi. «Borussiya» esa u bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda. Markaziy himoyachi, shuningdek, o‘ng qanotda ham o‘ynay oladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 18 million yevro deb baholagan.
Eslatib o‘tamiz, 1996 yilning 20 iyul kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida tug‘ilgan va keyinchalik oilasi bilan Germaniyaga ko‘chib ketgan.

Fikrlar