
"Manchester Yunayted" Antonini qancha pulga sotmoqchi ekanligini ma’lum qildi
"Manchester Yunayted" braziliyalik vinger Antoni uchun 40 million funt sterling so‘ramoqda.
Xabaringiz bor, futbolchi mavsumning ikkinchi yarmida Ispaniyaning "Real Betis" klubida ijara asosida to‘p surmoqda.
"The Mirror" nashrining xabariga ko‘ra, Antoni kelasi mavsumda ham Ispaniya klubida qolishni istamoqda, MYu esa ushbu transferdan yaxshigina summa ishlab olishga harakat qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, "Braziliyalik futbolchi yanvarda "Old Trafford"dagi omadsiz faoliyatidan so‘ng "Real Betis"ga ijaraga berildi. U 10 ta o‘yinda 4 ta gol urib, yana 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu mavsumda "Manchester Yunayted" safida esa bor-yo‘g‘i 1 ta gol urishga erishgan edi.
Antonining ijarasi tugagach, "Betis"ga qaytishni ustuvor vazifa deb bilmoqda, garchi unga La Ligadagi boshqa klublar ham qiziqish bildirayotgan bo‘lsa ham.
"Qizil iblislar" futbolchini butunlay qo‘yib yuboradigan bo‘lsa, taxminan 40 million funt ishlab olmoqchi" - deya qo‘shimcha qilinmoqda.
Fikrlar