
“Manchester Yunayted” arzon-garovga futbolchi xarid qilmoqchi
"Uotford"ning avstriyalik darvozaboni Daniel Baxman "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushdi, deb xabar berdi “Goal” nashri.
Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag beshta yangi o‘yinchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Uning “short-listi”dan David de Xea uchun munosib o‘rinbosar bo‘ladigan Baxman ham o‘rin olgan. Sababi, "qizil iblislar"ning hozirgi ikkinchi darvozaboni Din Xenderson "Nottingem Forest" klubiga o‘tishga yaqin turibdi.
“Transfermarkt” portali Danielning narxini 2,5 millon evroga baholagan. "Manchester Yunayted" va "Uotford" o‘rtasidagi kelishuv 5 million evro atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 27 yoshli avstriyalik kiper o‘tgan mavsumda “Uotford” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar