
“Manchester Yunayted” beshta to‘purarga “qarmoq” tashladi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag kelasi mavsum hujum chizig‘ida etakchilik qilishga qodir markaziy forvard qidirmoqda.
Ayni paytda klub mutasaddilari “Tottenxem”dan ketishga tayyor turgan Harri Keyn transferi bilan shug‘ullanmoqda. Biroq, “Tottenxem” xo‘jayini Daniel Levi muzokaralarda keskin qarorlari bilan ajralib turadi.
Manchesterliklar buni inobatga olgan holda zaxira varianti sifatida Evropa futbolida to‘purarlik mahoratini ko‘rsatib kelayotgan yana beshta hujumchini nishonga oldi.
Sky Sports nvshrining ta’kidlashicha, “Manchester Yunayted” vakillari “Napoli”dan Viktor Osimxen, “Benfika”dan Gonsalu Ramush, “Inter”dan Lautaro Martines, “Yuventus”dan Dushan Vlaxovich hamda “Ayaks”dan Muhammad Qudusni olishga tayyor.
Fikrlar