
“Manchester Yunayted” bir futbolchi uchun ikki yulduzidan voz kechadi
“Manchester Yunayte” tarkibini jiddiy tarzda yangilamoqda. Yozgi transferlar davomida manchesterliklar o‘zlariga kerak bo‘lmay qolgan futbolchilardan qutilishga va tarkibni kuchaytira oladigan yangi ijrochilarni olib kelishga urinmoqda.
“Manchester Yunayted” mutasaddilari hujumchi Joshua Zirkzee va himoyachi Leni Yorodan keyin endi maydon markazini kuchaytirish uchun PSJ yarim himoyachisi Manuel Ugarteni olib kelmoqchi.
Muzokaralar samarasida urugvaylik futbolchi Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga rozilik berdi. Endi masala echimi klublarning o‘zaro kelishuviga bog‘liq bo‘ladi.
Taniqli insayder Fabritsio Romano, manchesterliklar Ugartening transferiga pul topish maqsadida tajribali ikki futbolchisini sotib yuborish ustida ish olib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, klub braziliyalik Kazemiro va Skott Maktominey bilan xayrlashishga tayyor.
Kazemiroga Saudiya Arabistoni klublaridan chorlov bor, Maktomineyni “Fulxem” va “Galatasaroy” so‘rayapti.
Ugartening transferi manchesterliklarga 45 million evro atrofida tushadi.
Fikrlar