“Manchester Yunayted” Erik ten Xag o‘rniga boshqa murabbiy topdi

  • 6 aprel, 2024, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” qayd etayotgan natijalar klub rahbariyatini qoniqtirmayapti. Ma’lumotlarga qaraganda, yozda jamoa boshqa bosh murabbiyga topshiriladi.

Tecno

Taniqli jurnalist Pit Xollning ma’lum qilishicha, manchesterliklar bosh murabbiy bo‘lib ishlayotgan niderlandiyalik Erik ten Xag o‘rniga boshqa mutaxassis topgan.

Manbaga ko‘ra, klub Germaniya terma jamoasini boshqarayotgan Yulian Nagelsmanni taklif etishga qaror qildi.

Iste’dodli murabbiyning amaldagi shartnomasi yozda tugaydi. Manchesterliklar bundan unumli foydalanib qolmoqchi.

“Yunayted”ni boshqarishga yana bir nomzod sifatida Angliya terma jamoasi o‘yinchilariga ustozlik qilayotgan Garet Sautgeyt ham tilga olinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!