“Manchester Yunayted” Erik ten Xagni nega ishdan haydamagani ma’lum bo‘ldi
“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa chempionatda muvaffaqiyatsiz ishtirok etganiga qaramay, bosh murabbiy Erik ten Xagni ishdan bo‘shatmaslikka qaror qildi.
Mutasaddilarning bunday qarorga kelgani bejiz emas.
Klub rahbariyati ikki hafta davomida 54 yoshli mutaxassisning faoliyatini tahlil qilib chiqdi. Ana shu tahlillar natijasida Erik ten Xag ishini davom ettirishi va ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilayotgani ma’lum bo‘ldi.
“Manchester Yunayted” xo‘jayinlari o‘rganish jarayonida Erik ten Xag va uning o‘rniga da’vogar bo‘lgan bir qator murabbiylar bilan suhbat o‘tkazdi.
Vaziyat chuqur o‘rganilib, Erik ten Xag jamoani boshqarishda davom etishi kerak, degan xulosaga kelindi.
Yakuniy qarorga jamoa Angliya kubogini qo‘lga kiritib, Evropa ligasiga yo‘llanma olgani ham ta’sir o‘tkazgani aytilmoqda.

Fikrlar