"Manchester Yunayted” etakchi futbolchisi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara boshladi

  • 26.05.2026 01:45
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” yarim himoyachi Brunu Fernandesh bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralarni boshladi.

Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, mankunianliklar 31 yoshli portugaliyalik futbolchini jamoada olib qolishni istamoqda. Shu bilan birga, unga Yevropa va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ma'lumot uchun, Fernandesh joriy mavsum APLda 35 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta gol va 21 ta assist qayd etdi hamda liga tarixida bir mavsumda eng ko‘p golli uzatma bergan futbolchiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!