"Manchester Yunayted" "Everton" hujumchisiga qiziqib qoldi

  • 26.04.2019 13:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Everton" klubi forvardi Risharlison "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 21 yoshli braziliyalik iqtidor egasini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi. Qayd etish lozimki, ushbu futbolchi uchun shuningdek “Milan” va “Barselona” klublari ham da’vogarlik qilishmoqda. Uning transferi esa 45 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Risharlison joriy mavsum “Everton” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va 14ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “irischilar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!