
“Manchester Yunayted” futbolchilari yaqinlari hayotidan xavotirga tushyapti
“Manchester Yunayted” mavsumni o‘ta muvaffaqiyatsiz boshladi va unchalik kuchli bo‘lmagan raqiblarga imkoniyatni boy berdi.
Uchinchi turda manchesterliklarni ancha jiddiy raqib – “Liverpul” kutib turibdi. “Old Trafford” bo‘ladigan bu bahs davomida ashaddiy muxlislar klubga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasiga qarshi namoyish uyushtirmoqchi.
The Telegraph nashrining yozishicha, “Manchester Yunayted” futbolchilarining oila a’zolari shu kuni stadionga kelishni rejalashtirgan. O‘yinchilar jamoa natijasidan darg‘azab bo‘layotgan fanatlar ularning oilasidagilardan o‘ch olishi mumkinligidan qo‘rqmoqda.
Aynan mana shu qo‘rquv sabab futbolchilar o‘z yaqinlariga o‘yin chiptasini tarqatishga shoshilmayapti.
Fikrlar