“Manchester Yunayted” gol o‘tkazmaydigan darvozabonni kutmoqda

  • 22 mart, 2021, 21:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uzoq yillar davomida darvozabon masalasida xotirjam bo‘lgan “Manchester Yunayted” rahbariyati yozda yangi posbon olishga harakat qilmoqda.

Bosh murabbiy Sulsher yozda David de Xeani sotib yubormoqchi. Chunki ispaniyalik posbon keyingi paytda ko‘p xato qilmoqda. Uning ikkinchi darvozabon Din Xenderson bilan raqobati ichki muhitga salbiy ta’sir qilyapti.

Hozircha, manchesterliklar “Atletiko” posboni Yan Oblakni mo‘ljalga olgan. Madridliklar sovrin yuta olmayotgani bois, Oblak jamoasini o‘zgartirmoqchi. 28 yoshli sloveniyalik darvozabon juda kam gol o‘tkazadi va dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.

Agar “Atletiko” joriy mavsumda Ispaniya chempionatida g‘olib chiqmasa, Yan Oblak rahbariyatdan uni qo‘yib yuborishni so‘ramoqchi. “Atletiko” xo‘jayinlari uning transferini 120 million evroga baholamoqda.

Yan Oblakka “Manchester Yunayted”dan tashqari “Chelsi” ham jiddiy qiziqish bildiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!