
“Manchester Yunayted” grandlar voz kechgan yulduzni oladi
“Real” hujumkor futbolchisi Marko Asensio faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega. “Manchester Yunayted” ispan futbolchiga tarkibdan joy berishga tayyor.
Asensioning “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Marko klubning 5 million evrolik maosh ko‘rsatilgan yangi bitimini qabul qilmaganidan keyin madridliklar bu futbolchi xizmatidan voz kechdi.
“Barselona” mutasaddilari bundan foydalanib, ashaddiy raqib yulduzini o‘z safiga chorlagandi. Keyinroq, klublarning bir-birining o‘yinchisini olmasli haqidagi kelishuviga amal qilgan kataloniyaliklar bu fikrdan voz kechdi.
Marko Asensio hali kelajagi borasida o‘z fikrini oshkor qilgani yo‘q. Biroq, yozda erkin agentga aylanadigan 26 yoshli yarim himoyachi yangi ish joyi topishga qiynalmaydi.
Fikrlar