"Manchester Yunayted" himoyachisi "An-Nasr"ga o‘tishi mumkin

  • 14 iyul, 2023, 18:03
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"An-Nasr" yozgi transferlar oynasida qanot himoyachisi sotib olishni reja qilgan. Variantlar orasida "Manchester Yunayted" vakili Aleks Telles ham bor, deya xabar bermoqda "Daily Mail" nashri. 

Ma’lum bo‘lishicha, Telles transferi uchun riyodliklar 15 million funt sarflamoqchi. Himoyachi uchun kurashda "Sevilya" ham bor. 30 yoshli braziliyalikning MYudan ketishi aniqlashib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Telles va Ronaldu "Manchester Yunayted"da birga o‘ynagan. Ular yana bitta klubda birlashishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!