
"Manchester Yunayted" hujum chizig‘ini qanday kuchaytirmoqchi?
"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida yuqori saviyadagi hujumchini sotib olmoqchi.
ESPN xabariga ko‘ra, mankunianliklar yozda “to‘qqizlik” hujumchilaridan biri bilan shartnoma imzolash niyatida. Ularning qiziqishlari orasida "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen va "Zaltsburg" futbolchisi Benjamin Seshko bor. Shuningdek, «Yunayted» Xarri Keyn “Tottenxem” bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilsa, u bilan kelishuvga erishishi mumkin.
Yozda bu pozitsiyani mustahkamlash klubning asosiy vazifasi hisoblanadi. Biroq, ularga qisqa muddatli variant ham kerak - shu sababdan «Manchester Yunayted» Vout Vegorstni «Byornli»dan ijaraga olmoqchi. Niderlandiyalik futbolchi shu haftadayoq «Yunayted»ga o‘tishi mumkin.
Vegorst bilan shartnoma imzolash MYu uchun boshqa markaziy hujumchi sotib olguncha vaqtinchalik imkoniyatdir.
Fikrlar