
"Manchester Yunayted" hujumchisi "Sheffild"ga qarshi o‘ynamaydi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani katta ehtimol bilan APL doirasidagi "Sheffild Yunayted"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ma’lum qildi.
"Edinson so‘nggi vaqtlarda jarohatidan yaxshi tiklanmoqda, biroq biz uning sog‘ligi borasida tavakkal qilmoqchi emasmiz. Uni maydonga tushirishga hali erta. O‘ylashimcha, Kavani "Sheffild"ga qarshi o‘ynamaydi", -dedi Sulsher o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, "Sheffild Yunayted" - MYu uchrashuvi bugun tunda Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladi.
Fikrlar