“Manchester Yunayted” ikki yulduzi bilan muzokarani to‘xtatdi! Sabab ma’lum...
Joriy mavsum oxirida “Manchester Yunayted”ning 12 nafar futbolchi bilan hamkorlik shartnomasi yakunlanadi.
Klub mutasaddilari bosh murabbiy Erik ten Xagga kerak bo‘lgan o‘yinchilar bilan yangi bitim borasida muzokara o‘tkazmoqda.
The Guardian nashrining xabar berishicha, mutasaddilari Markus Reshford va David de Xea bilan muzokaralarni to‘xtatdi. Bunga Erik ten Xagning kelajakda jamoaning bu o‘yinchilarga ehtiyoji haqida yakuniy qarorga kelmagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Darvozabon David de Xea 2011 yildan beri manchesterliklar sharafini himoya qilib kelyapti. Markus Reshford esa klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Har ikkisining o‘yinida keyingi mavsumlarda sezilarli pasayish kuzatilmoqda va bu holat hali barham topgani yo‘q.



Fikrlar