“Manchester Yunayted” jamoadan keta olmagan Brunu Fernandesni “bog‘lab” olmoqchi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi portugalialik yarim himoyachi Brunu Fernandes bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida xabar berdi.
- “Manchester Yunayted” Brunu Fernandes bilan shartnomani uzoq muddatga uzaytirishni rejalashtirmoqda. Unga shartnomani 2029 yilgacha uzaytirish taklif qilindi, - deb yozdi Skira.
Angliya Premier-ligasining joriy mavsumida 31 yoshli Brunu Fernandes ikkita uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va birta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt Portugaliya terma jamoasi futbolchisining bozor qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda.
Bir necha mavsumdan beri bu futbolchiga Yevropa va Saudiya Arabistoni klublaridan jiddiy va daromadli takliflar keladi. Bu gal ham shunday bo‘ldi. Biroq Fernandes Manchesterda qoldi.

Fikrlar