"Manchester Yunayted" Kolumbiya terma jamoasi himoyachisini sotib olmoqchi

  • 26.07.2026 14:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» rahbariyati yozgi transfer oynasida «Bolonya» va Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Jon Lukumini oʻz saflariga qoʻshib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Corriere dello Sport nashri xabar berishicha, «qizil iblislar» 28 yoshli kolumbiyalik futbolchini aynan shu yozda olib kelishni rejalashtirmoqda. Lukumiga faqat «Manchester Yunayted» emas, balki Turinning «Yuventus» jamoasi ham jiddiy qiziqish bildirgan. Mutaxassislar hozircha tajribali himoyachining ehtimoliy transfer qiymatini 22 million yevro atrofida baholamoqda. Qayd etish joizki, yaqinda oʻtkazilgan jahon chempionatida Lukumi Kolumbiya terma jamoasi safida beshta uchrashuvda maydonga tushgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda Jon Lukumi Italiya chempionatida «Bolonya» tarkibida 29 ta oʻyin oʻtkazib, bir bor raqib darvozasini ishgʻol etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!