"Manchester Yunayted" Lukakuni salkam yarim million evro jarimaga tortdi

  • 07.08.2019 13:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" rahbariyati va hujumchi Romelu Lukaku o‘rtasidagi kelishmovchiliklar hamon davom etmoqda.

Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq Lukaku MYu klubiga boykot e’lon qilgani va yangi mavsumga “Anderlext” klubida tayyorgarlik ko‘rayotgani ma’lum bo‘lgandi.

The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bu holat “qizil iblislar” rahbariyatining g‘azabini keltirgan va ular belgiyalik futbolchiga nisbatan keskin chora ko‘rib, uni jarimaga tortishga qaror qilishgan. Gap 435 ming evro haqida ketmoqda.

Ma’lumot uchun, Lukakuning yillik maoshi 5,1 mln evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Lukaku faoliyatini Italiyada davom ettirmoqchi. Unga esa “Inter” va “Yuventus” klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!