"Manchester Yunayted" Lyuk Shouga o‘rinbosar topdi
2014 yildan beri «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelayotgan futbolchiga o‘rinbosar izlanmoqda.
Manbaalarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 31 yoshli himoyachi Lyuk Shou uchun transfer bozorida faol ravishda o‘rinbosar qidirmoqda. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.
Ichki manbalar ma’lumoticha, mankuniyanliklar asosiy nomzod sifatida 24 yoshli fransuz himoyachisi Adrian Tryufferni ko‘rib chiqmoqda. U hozirda «Bornmut» tarkibida to‘p surmoqda. Klub futbolchini taxminan 60 million funtga baholamoqda.
Tryuffer 2025 yilda «Renn» jamoasidan «Bornmut»ga o‘tgan. Joriy mavsumda u klub safida to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi, ammo hozircha gol yoki golli pas bilan ajralib tura olgani yo‘q.

Fikrlar