«Manchester Yunayted»ning transfer rejalari oshkor qilindi
Qishki transfer oynasida «Manchester Yunayted» qanday yo‘l tutishi ma’lum bo‘ldi.
Football Insider nashrining xabar berishicha, so‘nggi mish-mishlarga qaramay, yanvar oyida «qizil iblislar» asosiy e’tiborni himoya chizig‘ini mustahkamlashga qaratmoqchi. Klub yozdayoq yangi chap qanot himoyachisini olishni rejalashtirgan, ammo bu transferni amalga oshirish imkoni bo‘lmagan.
Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» rejalariда yangi hujumchi olish ham bor, bu haqida avvalroq ham xabar berilgan edi. Biroq klub forvard uchun harakatni faqat kelasi yozgi transfer oynasida boshlashni mo‘ljallamoqda.
Premyer-ligada besh tur ortda qolgan bir paytda «Manchester Yunayted» turnir jadvalidа 12-o‘rinni egallab turibdi. Maykl Karrik boshqaruvidagi jamoa hisobida hozircha atigi besh ochko mavjud.

Fikrlar