"Manchester Yunayted" "Nottingem Forest" yulduziga qiziqish bildirmoqda

  • 22 oktabr, 15:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nottingem Forest"ning markaziy yarim himoyachisi Elliot Anderson "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda "Mirror Football" nashri.

Tecno

Manba bergan xabarga ko‘ra, "Brayton" yarim himoyachisi Karlos Baleba transferidan so‘ng, "qizil iblislar" Anderson uchun kurashga qo‘shilishi mumkin. "Manchester Yunayted"dan tashqari Elliotga "Manchester Siti" va "Chelsi" kabi jamoalar ham qiziqish bildirmoqda.

"O‘rmonchilar” hozirda Angliyaning eng yaxshi iqtidorlaridan biri hisoblangan o‘z futbolchisini saqlab qolishni istamoqda. Klub uning hozirgi narxini 86 million evroga baholamoqda.

Joriy mavsumda 22 yoshli Anderson barcha musobaqalarda o‘nta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!