"Manchester Yunayted" Onananing ijarasini uzaytirdi
"Manchester Yunayted" darvozabon Andre Onananing Turkiyaning "Trabzonspor" klubidagi ijarasi yana bir yilga uzaytirilganini rasmn tasdiqladi.
⠀
Kamerunlik posbon o'tgan mavsumni ham Trabzon jamoasi safida o'tkazib, Turkiya chempionatida 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 35 ta gol o'tkazib yubordi. Mavsum yakuniga ko'ra, "Trabzonspor" "Galatasaroy" va "Fenerbahche"dan keyin uchinchi o'rinni egalladi.
⠀
Onana uch yil avval Milaning "Inter" klubidan "Manchester Yunayted" safiga kelib qo'shilgan edi.
⠀
Ayni paytda "qizil iblislar"ning asosiy darvozaboni belgililik Senne Lammens hisoblanadi. Uning asosiy raqobatchisi esa turkiyalik Altay Bayindirdir.

Fikrlar