"Manchester Yunayted" paragvaylik darvozabonni sotib olmoqchi
«Manchester Yunayted» Paragvay terma jamoasi va «San Lorenso» darvozaboni Orlando Xilni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirayotgani xabar qilinmoqda. Bu haqida RTI Esporte nashri yozdi.
Maʼlumotlarga koʻra, «qizil shaytonlar» futbolchini qoʻlga kiritish boʻyicha faol harakat boshlagan. Angliya klubi skautlari Xilning Jahon chempionati–2026dagi oʻyinidan jiddiy taassurot olgani aytilmoqda. Darvozabonning «San Lorenso» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil dekabrigacha moʻljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 7,5 million yevro atrofida baholamoqda.
Joriy mavsumda Orlando Xil «San Lorenso» tarkibida 23 oʻyinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda darvozabon 19 gol oʻtkazib yuborgan, 12 uchrashuvni esa darvozasini daxlsiz saqlagan holda yakunlagan.

Fikrlar