
"Manchester Yunayted" posboni jamoadan ketmoqchi
"Manchester Yunayted" darvozaboni Din Xenderson qishki transfer oynasida jamoani tark etmoqchi. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Fabritsio Romano o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Gap shundaki, 24 yoshli posbon ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaydi. Biroq uning aynan qachon ketishi unga nisbatan bo‘ladigan takliflarga bog‘liq.
Din Xenderson joriy mavsumda "Manchester Yunayted"ning asosiy jamoasi safida bor yo‘g‘i ikkita o‘yin o‘tkazdi - biri Chempionlar ligasida va yana bittasi Angliya liga kubogida. U ushbu o‘yinlarda o‘z darvozasidan uchta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar