"Manchester Yunayted" qishda braziliyalik futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi

  • 21 sentabr, 2024, 14:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Atalanta"ning 25 yoshli markaziy yarim himoyachisi Ederson Lorensoga yana qiziqish bildira boshladi. Bu haqda TNT Sports Brasil nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" braziliyalik futbolchining transferi uchun A Seriya klubiga taxminan 50-60 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi. Ingliz klubi ushbu transferni davralar oralig‘ida amalga oshirishni ko‘rib chiqmoqda.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda oltita uchrashuvda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Atalanta” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Edersonning bozor qiymati 40 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!