"Manchester Yunayted" "Real Madrid" yarim himoyachisiga qiziqish bildirdi

  • 22.07.2026 14:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Eduardu Kamavingaga Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi jiddiy qiziqish bildirgani xabar qilinmoqda. Bu haqida sport jurnalisti Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqda ma'lum qildi.

Uning yozishicha, "Manchester Yunayted" "Real" tarkibidagi Kamavinga bilan qiziqmoqda va fransiyalik futbolchi endi madridliklar uchun mutlaqo almashtirilmas o'yinchi sifatida ko'rilmayapti.

2025/2026 yildgi Ispaniya La Ligasi mavsumida 23 yoshli Eduardu Kamavinga 29 o'yinda maydonga tushib, bir bor gol urgan. Chempionlar Ligasida esa u 11 ta bahsda ishtirok etib, bir gol va bir golli uzatma muallifi bo'ldi. Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!