
"Manchester Yunayted" safarda g‘alabaga erishdi va 3-o‘ringa ko‘tarildi
Angliya Premer-ligasining 31-turida “Manchester Yunayted” safarda “Nottingem Forest”ga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarga Antoni (32') va Diogu Dalot (76') kiritdi. Ushbu o‘yindan so‘ng mankunianliklar o‘z hisobidagi ochkolar sonini 59 taga etkazib, musobaqa jadvalida “Nyukasl”ni ortda qoldirib 3-o‘ringa ko‘tarilib olishdi.
Fikrlar