“Manchester Yunayted”: Shu hujumchi kerak bo‘lsa, olinglar!

  • 14 oktabr, 2021, 13:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Niderlandiya chempionatining etakchi jamoalaridan “Feyenoord” rahbariyati “Manchester Yunayted” hujumchisi Amad Dialloni ijaraga olmoqchi.

19 yoshli ivuarlik futbolchi Ule-Gunnar Sulsher jamoasining asosiy tarkibiga kira olmayapti. Manchesterliklar uning tajribasini oshirish uchun boshqa jamoaga berib turishga tayyor.

Aytish joizki, “Feyenoord” o‘tgan yili ham Amad Dialloga qiziqish bildirgan edi. Endi ular yosh hujumchini qishki transferlar vaqtida o‘z tarkibiga qo‘shib qolishni rejalashtirmoqda.

Futbolchining o‘zi ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa jamoalarda malaka oshirishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!