“Manchester Yunayted” uch futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

  • 7 iyul, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag maydon markazini kuchaytirish maqsadida hozirgi tarkib o‘yinchilaridan bir nechtasining o‘rniga boshqa futbolchilarni olib keladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, niderlandiyalik murabbiy birinchi navbatda uch futbolchi – Fred, Entoni Elanga va Skot MakTomineyni sotib yuborilishini istayapti.

Manchesterga 2018 yili kelgan Fred yakunlangan mavsumda 35 ta uchrashuvda ikkita gol urdi. Shunga qaramay, murabbiylar shtabi undan voz kechishga tayyor.

Entoni Elanga klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uni 2020 yili asosiy tarkibga qabul qilishgan edi.

Manchesterlik bu ikki futbolchi uchun 35 million evrodan badal puli talab qiladi. Lekin hozircha ularni so‘rayotgan da’vogar yo‘q.

Skott Maktominey olti yildan beri “Yunayted” a’zosi hisoblanadi. Uning hali ikki yillik shartnomasi bor. Shunga qaramay, manchesterliklar 25-30 million evroga yarim himoyachini qo‘yib yuborishga tayyor.

Skottga “Roma” va “Brayton”dan taklif bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!