
“Manchester Yunayted” Xavi olmagan o‘yinchiga xaridor
Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Sufyon Amrabat yozda “Fiorentina”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tishi kutilgan edi.
Kataloniyaliklar bu futbolchini Lionel Messi bilan birga o‘ynatishni rejalashtirayotgan edi. Biroq, argentinalik yulduz “Inter Mayami”ni tanlaganidan keyin Xavi Ernandes Amrabat transferidan voz kechdi.
Taniqli insayder Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, 26 yoshli futbolchiga “Manchester Yunayted” xaridor bo‘lmoqda. Tomonlar bu transfer bo‘yicha dastlabki muzokarani o‘tkazgan.
Amrabatning “Fiorentina” bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Uning transfer summasi 30 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar