
"Manchester Yunayted" "yangi Ronaldu" uchun 120 mln evrodan voz kechishga tayyor
"Manchester Yunayted" klubi ayni damda "Benfika" vingeri Joau Felishning transferi masalasida muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda Record nashri xabar tarqatdi.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mankuanliklar “yangi Ronaldu” deya e’tirof etilayotgan 19 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun 120 millionov evro to‘lashga tayyor.
Qayd etish lozimki, Felish uchun shuningdek "Yuventus", "Manchester Siti" va "Atletiko" kabi jamoalar jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Joau Felish joriy mavsum “Benfika” safida Portugaliya chempionatida jami 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar