"Manchester Yunayted" yarim himoyachi sotib olishi mumkin
«Manchester Yunayted» rahbariyati yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda, deb xabar bermoqda Sky Sports manbalari.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «qizil shaytonlar» yozgi transfer oynasida yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan. Angliya premyer-ligasining o‘tgan mavsumdagi bronza sovrindori hozircha ikki nomzodni ko‘rib chiqmoqda: «Roma» safida to‘p surayotgan Manu Kone va «Brayton» yarim himoyachisi Karlos Baleba.
25 yoshli fransuz Manu Kone o‘tgan mavsumda rimliklar tarkibida 29 o‘yinda maydonga tushdi. U ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va uchta golli uzatma amalga oshirdi. Karlos Baleba esa APLda 31 uchrashuvda ishtirok etdi. Kamerunlik futbolchi besh marta ogohlantirish oldi, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi.

Fikrlar