"Manchester Yunayted" yosh frantsiyalik iste’dodga ko‘z tikdi

  • 01.11.2025 13:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Lill" klubi yarim himoyachisi Ayub Buaddi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Caught Offside" nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi bilan "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" yosh va istiqbolli yarim himoyachini qishdayoq sotib olish bo‘yicha taklif tayyorlamoqchi.

Buaddining transfer bahosi taxminan 30 million evroni tashkil etadi. Uning "Lill" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda frantsuz futbolchisi 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki assist bilan jamoasiga yordam bermadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!