
“Manchester Yunayted”da ikkita katta yo‘qotish
“Manchester Yunayted” yangi mavsum oldidan katta yo‘qotishga duch keldi. O‘rtoqlik o‘yinlarida ikki futbolchi – himoyachi Leni Yoro va hujumchi Rasmus Xyoylunn jarohat olib, uzoq muddatga saflan chiqdi.
Daily Mail nashrining yozishicha, 18 yoshli Leni Yoroning chap oyoq suyagi singan va bu turdagi jarohat bitishi uchun o‘rtacha uch oy vaqt kerak bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, manchesterliklar frantsiyalik himoyachini yangi mavsumda orqa chiziqdagi muammolarni yopish uchun qimmatga sotib olgandi.
“Arsenal” bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida Rasmus Xyoylunn tizasini shikastlab olgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hujumchi kamida bir yarim oy lazaretda bo‘ladi.
“Manchester Yunayted” yangi chempionatdagi yurishini 16 avgust kuni boshlaydi. Angliya Premer-ligasini ochib beradigan bu bahs “Fulxem”ga qarshi “Old Trafford” stadionida o‘tkaziladi.
Fikrlar