“Manchester Yunayted”da yangi erani boshlab beradigan besh futbolchi

Britaniyalik milliarder ser Jim Retkliff “Manchester Yunayted” xo‘jayinlaridan biriga aylanganidan keyin klubda katta islohotlar bo‘lishi kutilmoqda.

Yangi xo‘jayin katta transferlar orqali “Manchester Yunayted”da yangi erani boshlashni rejalashtirmoqda.

Birinchi navbatda, jamoani yangi bosqichga ko‘tara oladigan o‘yinlar kerak. Hozircha, mutasaddilar besh nafar futbolchidan iborat ro‘yxat tuzdi.

Demak, “Manchester Yunayted”ni kuchaytirish uchun “Nitstsa” markaziy himoyachisi Jan-Kler Todibo, “Sporting” markaziy himoyachisi Gonsalu Inasio, “Bayer” qanot himoyachisi Jeremi Frimpong, “Everton”ning universal yarim himoyachisi Amadu Onana hamda “Shtutgart” to‘purari Seru Girassi kerak bo‘ladi.

Manchesterliklar bu o‘yinchilarni tezroq qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!