“Manchester Yunayted”ga faqat shu futbolchi kerak

  • 17 iyul, 2022, 13:35
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" tarkibni kuchaytirish uchun yozgi transfer oynasidagi faollikni oshirmoqda.

Tecno

Jurnalist Rudi Galettining xabariga ko‘ra, “qizil iblislar” yarim himoya chizig‘i uchun yangi futbolchi qidirmoqda. Hozircha klubning “short-listi”dan PSV futbolchisi Ibroxim Sangare joy olgan.

Manbaning xabariga ko‘ra, mankunianliklar rahbariyati 24 yoshli futbolchini sotib olishga jiddiy bel bog‘lagan. “Manchester Yunayted” uning transferi uchun 30-35 million evro sarflashga tayyor.

“Transfermarkt” portali Sangarening narxini 24 million evroga baholamoqda. Uning Niderlandiya klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi.

Ibroxim yakuniga etgan Gollandiya chempionatida 29 o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!