
“Manchester Yunayted”ga o‘tmayman!
“Manchester Yunayted” mutasaddilari hujum chizig‘ini kuchaytira oladigan forvard qidirmoqda. Manchesterliklar Angliya Premer-ligasida o‘ynash tajribasiga ega Timo Vernerga e’tibor qaratgandi.
Angliyadagi muvaffaqiyatsiz faoliyatidan keyin “Leyptsig”ga ko‘chib o‘tgan germaniyalik hujumchi manchesterliklarning taklifini qabul qilmadi.
“Leyptsig” rahbariyati ham Angliyaga qaytishni istamagan hujumchini o‘z safida olib qoladigan bo‘ldi.
27 yoshli to‘purar Bundesligadagi sermahsul faoliyatidan keyin 2020 yili “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan edi. Biroq ikki yil davomida Angliya futboliga moslaga olmagan o‘yinchi o‘tgan yili yozda “Leyptsig”ga qaytdi.
Fikrlar